Termiz shahar hokimi O'ktam To'rayev bitiruvchi yoshlarga oltin va kumush medallarni topshirdi
Shu jumladan, Termiz shahrida 51 nafar bitiruvchilar oltin, 9 nafari kumush medal bilan o‘qishni yakunlashdi.
Termiz shahridagi 26-maktabda tashkil etilgan tadbirda 2022-2023 o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga shahar hokimi tomonidan “Oltin medal” va "Kumush medal"lar tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, shahar hokimi O'ktam To'rayev maktabni a’lo baholarga tamomlagan va o‘zining namunali xulq-odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh bitiruvchi yoshlarning ota-onalari va o‘qituvchilarini erishilgan natija bilan tabrikladi.
Aziz yoshlar sizlarni doimo marrani baland olib, yagona kuch bo‘lib harakat qilishingizga ishonamiz. Sizlar bunga albatta qodirsiz!