Tibbiyot birlashmasi
Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Termiz shahar hokimi o‘rinbosari Kamol Ashurov ishtirok etib, 6 ta oilaviy poliklinika xodimlariga 120 dona planshetlarni topshirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarni oilaviy shifokor faoliyati samaradorligini oshirish, bemorlarning onlayn qabulga yozilishini ta’minlash, patronaj profilaktik ko‘riklar, skrining tekshiruvlar va ular natijalarini tahlil qilish, bemorlarni qo‘shimcha tekshiruv, konsultatsiya va davolashga yo‘naltirish, dori-vositalarini elektron retsept orqali berish hamda qayta bog‘lanishni elektron dastur orqali amalga oshirish uchun qulaylik yaratishdan iborat.
Bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholi salomatligini tiklashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.