Elektr ta'minotidagi uzilish bartaraf etilmoqda
Termiz shahar elektr ta'minoti tasarrufidagi 110/35/10 kV li "Termiz" podstantsiyasidan chiquvchi 6 kV li tarmoqda sodir bo'lgan nosozlik tufayli shahardagi "Chegara", "Guliston", "Shodlik", "Doʻstlik", "Majnuntol", "Maʼrifat", "Eski shahar", "Bogʻishamol", "Sahovat" mahallalari hududida vaqtincha elektr energiya ta'minotida uzilish bo'lganligini ma'lum qilamiz.Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali uzr so'raydi.