Baxshichilik san’ati
Uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirish, shu bilan birga doston va termalarimizni nuroniylarga yetkazish hamda ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida Termiz shahrida Respublika baxshichilik san’ati markazi tashabbusi bilan Nuroniylar maskanida ijodiy uchrashuv va doston kechasi tashkil etildi.
Tadbirni Respublika baxshichilik san’ati markazi ijodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Temirov va “Nuroniy” jamg‘armasi Termiz shahar bo‘limi raisi T.Berdiyevlar ochib berdi.
Tadbir davomida “O‘zbekiston xalq baxshisi” Sh.Xo‘jamberdiyev “Go‘ro‘g‘li” dostonidan parcha, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi O.Shernazarov “Surxonim” termasi hamda yosh umidli baxshi Sh.Egamberdiyev nuroniylarga bag‘ishlab termalar ijro etib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.