Xalq deputatlari
Sessiya ishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, mahalla xodimlari va aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Deputatlar tomonidan kun tartibidagi 7 ta masala (https://telegra.ph/XALQ-DEPUTATLARI-TERMIZ-SHAHAR-KENGASHINING-YETMISH-BIRINCHI-SESSIYASI-01-12) ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi davomida har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Deputatlar masalalar yuzasidan masʼullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan masʼullar tomonidan javob berildi.
Sessiya yakunida eng faol deputatlar moddiy va ma'naviy rag'batlantirildi.