Vatan himoyachilari kuni
Jumladan, bugun Termiz shahridagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum boʻldi. Bu yerga Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
Tadbir ishtirokchilari harbiy orkestr musiqa sadolari ostida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.
“San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi – Harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi hamda bir guruh Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda xizmat qilayotgan xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Termiz shahridagi “Grand Almaz” tantanalar saroyida, to‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirida Qurolli Kuchlar orkestr va ansambl jamoalari va viloyat Madaniyat boshqarmasi san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi osoyishta yurt posbonlariga bayram kayfiyatini ulashdi.