Prezidentimizdan ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir iqtiboslar
“Ma’naviyat – bu, avvalo, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo‘lida ezgu intilishlar, ibratli fazilatdir”.
“Ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy va ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa xalq ham, davlat ham shuncha kuchli bo‘ladi”.
“O‘z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o‘zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – to‘g‘ri tarbiya va amaliy namuna demakdir”.
“Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”