PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI
Termiz shahar hokimi, shahar IIB boshlig'i hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etgan uchrashuvlarda shahar hokimi O'.To'rayev tomonidan tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligi taʼkidlandi. Jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu borada ayrim hududlardagi profilaktika inspektorlarining faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi
Shuningdek, tadbir davomida profilaktika inspektorlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan vazifalar berildi. Har bir mahalla tinchligi va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ishlar belgilandi.