Termiz shahrida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishda “Surxondaryo tajribasini” yo‘lga qo‘yish borasida vazifa topshirilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati, xususan Termiz shahrida barcha korxona va tashkilotlar, muassasalar, mahallalarda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda "Ma’naviyat sektori" faoliyati muhim ekanligi ta’kidlanib, sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”