XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati B.Abrayev Termiz shahar hokimligi katta majlislar zalida shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Davra suhbatida ushbu Farmon mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilish, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etish hamda davlat hokimiyati organlarini xalqqa yanada yaqin qilishga xizmat qiladigan islohotlarning mantiqiy davomi ekanligi qayd etildi.