MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
Hammamizga ma’lumki, ayol – nafosat va goʻzallik timsoli. Uning mehridan qalblar sururga toʻladi. Ayolning jamiyatdagi mavqei haqida soʻz ketganda, koʻz oʻngimizga To‘maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiya kabi ayollar turganiga guvoh bo‘lamiz. Ular o‘z jasorati, aql-idroki va mardligi bilan tarixga o‘z ismlarini muhrlab qo‘ygan. Shunday siymolar davomchilari ekanligimizning o‘ziyoq bugungi kun xotin-qizlarga g‘urur va sharaf tuyg‘ularini his qilishga sabab bo‘la oladi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xotin-qizlarning har sohada ijtimoiy-siyosiy faolligiga bo‘lgan e’tibor yuksaldi. Darhaqiqat, Yurtboshimiz xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, ularning mavqeini yuksaltirish, huquqlarini har tomonlama himoyalash, jamiyatda oʻzining munosib oʻrniga ega boʻlishi uchun zarur ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish masalasiga doimiy eʼtibor berib kelmoqda. Mustaqillik yillarida jamiyat hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlar rolini kuchaytirish va maqomini oshirish, ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya etish yuzasidan salmoqli ishlar qilindi. Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekani konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. Konstitutsiyamizning XIV bobi oila, onalik va bolalikka bagʻishlangan. Oʻzbekiston 1995-yili Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchilar qatori BMTning “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi konvensiyasiga qoʻshilgan. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmonida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining qo‘mitaning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Bugungi kunda mahallada xotin -qizlar faolining asosiy asosiy vazifasi хotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish; hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish; turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash; og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish maqasadida ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash; jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish. Aytish joizki, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj xotin- qizlarimizni bugun faol qilib ,qiyin vaziyatida ularni o’qitib, kasb – hunarli qilib , muammolarini o’zlari yengishga asosiy e’tibor qaratilmoqda va ijtimoiy xodim sifatida bu bizning ustivor maqsadimizdir.
Shahar hokimining o‘rinbosari M.Tagayeva