KORRUPSIYANI BIRGALIKDA YENGAMIZ!

Korrupsiya holatlari ko‘p uchraydigan ushbu sohani korrupsiyadan xoli qilish shuningdek, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan nazorat tadbirida Termiz shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida ajratilgan shtat bo‘yicha mutaxassislar bilan ta’minlanish holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, moddiy-texnika bazasi, bemorlarga yaratilgan sharoitlar, bepul xizmatdan foydalanish darajasi, dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi, tibbiyot xodimlari tomonidan tamagirlikka yo‘l qo‘yilish holatlari, ishga qabul qilish tartibi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilib, ochiqlik va shaffoflik hamda raqamlashtirish ishlari o‘rganildi.