“Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun”
Quvonarlisi, Andijon shahridan sayohat qilish uchun vohamizga kelgan 25 nafar faol nuroniylarning ham ishtirok etganligi ushbu tadbirga oʻzgacha shukuh baxsh etdi.
Turli millat va turli avlod vakillarini mushtarak maqsad yoʻlida bir davraga jam qilgan tadbir doirasida soʻzga chiqqan viloyat “Nuroniylar” jamgʻarmasi raisi Orziqul Soatov, Andijon shahar “Nuroniylar” jamgʻarmasi raisi Sodiqjon Yusupov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari N.Rahmatullayeva, Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish oʻquv markazi direktori R.Raximova, Termiz harbiy prokurori Gʻ.Rahmonov, “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi direktori, fan doktori M.Norqobilov, yosh isteʼdod sohibi Sh.Suyunova tomonidan mamlakatimizda inson va uning qadr-qimmatini yuksaltirish, xalqimizning orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish ustuvor vazifaga aylangani, xalqimizning oʻzaro hamjihatlikda shodu xurram yashayotganligi taʼkidlandi.