“Mahallada duv-duv gap”
Bugun Termiz shahrida yana 7 ta mahallada “Mahallada duv-duv gap“ targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi. Xususan, “Jo‘yjangal”, “Majnuntol”, “Nurli kelajak”, “Amu sohillari”, “Turon”, “Baynalmilal” va “Saxovat” mahallalarida ”Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida oʻtkazilgan “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbirlarida ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan aholining mamnunligi va shukronalik kayfiyatida ekanligi alohida eʼtirof etildi.
Tadbirlarda badiiy jamoalar va maktablarning isteʼdodli oʻquvchilari tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar barchani xursand qilib, raqslarga chorladi.
Ushbu tadbirlar shaharning barcha mahallalarida davom etmoqda.