PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Press-tur doirasida Termiz shahar 2-sektor hududida joylashgan "Baynalminal" hamda "Turon" mahallalarida yashovchi bir qator yoshlarga "Yoshlar daftari" jamg‘armasidan ko'mak berilganligini va yoshlar hozirda o'zini-o'zi band qilgan holda, o'z oldilariga katta rejalar qoyib harakat qilishayotganining guvohi bo'ldik

Qolaversa, Termiz shahrida Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda muammolar va tashabbuslar to‘g‘risida

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Termiz shahrida ham yoshlar siyosatini amalga oshirishda bir qancha tizimli ishar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilib, yoshlar yetakchilari tomonidan shaharning 37 ta mahallasida “Yoshlar balansi” asosida 14-30 yoshdagi 50 ming 12 nafar yoshlar tahlil qilindi hamda 3 ta toifaga ajratib olindi.
Ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha mas’ullar biriktirilib,“Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Tahlilga ko‘ra 769 nafar qizil toifaga kiruvchi tarbiyasi og‘ir va alohida ishlashga muhtoj yoshlar Termiz shahridagi sektor hamda tashkilot rahbarlariga biriktirilib, xonadonbay uchrashuv hamda muloqotlar tashkil etililib, ularning muammolari o‘rganildi hamda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Termiz shahri bo‘yicha “Yoshlar daftari”ga 2023 yilda 2 171 nafar yoshlar (daftar.mehnat.uz) yagona elektron platformasiga kiritildi shundan 1 743 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi va daftardan chiqarildi, 428 nafar yoshlar bugungi kunda (daftar.mehnat.uz) yagona elektron platformasida saqlanib qolmoqda va ularga ham yil yakuniga qadar yordam ko‘rsatilishi belgilab olingan.
Joriy yilda yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 1 743 ming nafar yigit-qizga 3 mlrd 587 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Xususan, talabalarning shartnoma mablag‘lari to‘landi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish xarajatlari qoplab berildi. Ishsiz yoshlarga mehnat qurollari ajratildi.
Bundan tashqari, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Besh tashabbus” olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida beshtashabbus_bot elektron manzili orqali 26 ming 304 nafar ortiq yoshlar ishtirok etish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tib, ushbu loyihalarning mahalla bosqichlarida jami 14 219 nafar yoshlar ishtirok etib, shahar yoshlari jami 14 ta medal (6 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza) bilan viloyat bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Yoshlar siyosatini amalga oshirishda kelgusi 2024 yildagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, bu boradagi chora-tadbirlar 7 ta yo‘nalishda amalga oshirildi.
Davlatning alohida e’tiboriga muhtoj 355 nafar yoshlar mutasaddi rahbarlarga biriktirilib, ular bilan individual ishlash orqali 211 nafar yoshning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashildi. Jumladan, 90 nafarining bandligi ta’minlandi, 54 nafari kasb-hunarlarga o‘qitildi.
“Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan yordam turlari soni bugungi kunda 30 taga yetib, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi.
2024 yilda yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 1 ming 653 nafar yigit-qizga 5 mln 408 ming so‘mlik yordam ko‘rsatiladi. Xususan, talabalarning shartnoma mablag‘lari to‘landi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish xarajatlari qoplab berildi. Ishsiz yoshlarga mehnat qurollari ajratildi.
Har bir mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilib, joriy yilda 358 nafar ishsiz yigit-qiz va 930 nafar maktab bitiruvchisining bandligi ta’minlandi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” bu yildan boshlab 4 ta yo‘nalishda –mahalla, maktab, professional ta’lim va oliygohlar tizimida o‘tkazilib, jami 54 ming 652 nafar yoshlar qamrab olindi. Unda g‘olib bo‘lgan yoshlarning mahallalarida sport maydonchasi barpo etildi.
Iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz shahrida Yoshlar bog‘i, Vatanparvarlar bog‘i foydalanishga topshirildi. Ushbu bog‘larda tashkil etilgan kutubxonalarda kitobxon yoshlar uchun 5 mingdan ziyod nodir kitoblar jamlanmasi mavjud bo‘lib, ushbu kutuxonalarga 2 mingdan ziyod yoshlar jalb qilindi.


2024 yildan Termiz shahridagi tashkilot va idoralar tizimida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha yondashuv joriy etiladi. Yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan beriladigan yordam turlari transformatsiya qilinib, asosiy e’tibor ularni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatishga qaratiladi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni 10 ming 797 nafarga, ““UzChess” loyihasi doirasida shahmat va shashkaga qiziquvchi yoshlarni 792 nafarga yetkazish choralari ko‘riladi. Buning uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratamiz.