BRIFING

Termiz shahrida jami 445,0 kmdan ortiq yo‘llar bo‘lib, shundan  63,0 km markaziy ko‘chalar bo‘lsa, 382,0 km ichki yo‘llarni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-sonli qaroriga asosan Termiz shahar hududidagi 32,6 km umumfoydalanuvdagi yo‘llarda qurilish- rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil mart oyida viloyatimizga tashrifining yig‘ilish bayoniga asosan respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan shahardagi 35,0 kmga yaqin ichki yo‘llarga asfalt hamda 20,0 km ga yaqin ichki yo‘llarga beton qoplamalari yotqizildi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida  fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan “Ochiq budjet” axborot portal hamda “Mening yo‘lim” dasturi orqali loyihalarga taklif kiritish hamda ovoz yig‘ish yo‘li bilan ham mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan shu yilning o‘zida 5,0 kmga yaqin ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.