Yangi bino foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, shahar IIB shaxsiy tarkibi, organ faxriylari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Moslashtirilgan yangi binoda 1-son IIBning 38 nafar ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning og‘irini yengil qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, hududlarda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining barvaqt oldini olish xizmatini olib borishadi.