SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Yoshlar markazi binosida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023-yil ikkinchi mavsumi mahalla bosqichlarini namunali o'tkazish bo'yicha Termiz shahrining mahalla yetakchilari ishtirokida o’quv-seminar tashkil etildi.
O’quv-seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 5 tashabbusni muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi Sh.Olimov tomonidan kerakli va zarur chora-tadbirlar haqida ba’tafsil tanishtirildi.
Maʼlumot uchun: Olimpiadaning ushbu mavsumini joriy yil sentabr-dekabr oylarida tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida sanʼat-madaniyat, sport, kitobxonlik va intellektual oʻyin va tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.