Uch avlod jurnalistlari jamlandi
Uch avlod jurnalistlari jamlandi
Surxondaryo viloyatida oʼziga xos jurnalistika tajribasi shakllangan boʼlib, Tesha Saydalaev, Mengziyo Safarov, Rahmatulla Аbduraxmonov, Geldimurod Saidmalikov, Maxmud Аbdulfayzov, Jamila Ergasheva, Soatmurod Joʼraqulov, Davron Gʼulomov kabi ustunlari yosh avlodga oʼrnak boʼlib kelmoqda. Ularning faoliyati bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida Termiz shahridagi Matbuot uyida uch avlod uchrashuvi tashkil qilindi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi va Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʼlimi hamkorligida tashkil qilgan tadbirga bir gurux ijodkorlar ishtirok etdi. Unda uyushma aʼzolari boʼlgan Toʼra Qobilov, Tojigul Davronova, Аbdulla Xolmirzaev, Аnnaqul Shaymardonov va Yoqub Norboev faoliyati haqida yosh jurnalistlarga soʼzlab berdi va marxum ustozlarni xotirlashdi. Keksa jurnalistlarimizning shogirdlari boʼlgan Chori Jumaqulov, M.Аbdurahmonov, Ilxom Raxmatov fikrlarini ham aytib oʼtdi.