“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri toʼkin dasturxon atrofida davom etdi
“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri toʼkin dasturxon atrofida davom etdi
Soʼzga chiqqanlar mamlakatimizda 30 iyulь Xalqlar doʼstligi kuni etib, belgilangani koʼpmillatli xalqimizni yagona ahil oila sifatida yanada jipslashtirishga xizmat qilayotganini taʼkidlashdi.
Islohotlar rivoji, taraqqiyot surʼati avlodlar oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliq ezgu rishtalarni mustahkamlash bilan chambarchas bogʼliq. Mazkur festivalda ham Surxondaryo viloyatidagi davlat va jamoat arboblari, barcha tarmoqlarda mehnat qilayotgan turli millat vakillari, oʼz sohasida katta yutuqlarga erishgan yoshlar bir safda jamlandi. Ularning xizmatlari eʼtirof etildi.
El-yurt ravnaqiga munosib hissa qoʼshayotgan uch avlod vakillaridan bir guruhiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xudaybergenov Tursinxan Аydarovich hamda viloyat hokimi Bobolov Toʼra Аbdievich tomonidan “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.