TANLOV!
Bugun 1-sonli musiqa va san'at maktabida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining shahar bosqichi tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tanlovni Termiz shahar hokimining oʻrinbosari Mohira Tagayeva ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Oʻzining iqtidori, aʼlo xulqi va tashabbuskorligi bilan tanilgan bir qancha nomzodlar yoʻnalishlar boʻyicha bellashishdi.
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish kerakki, Prezidentimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini yanada rivojlantirishga, uning qamrovni kengaytirishga doir bir qator chora-tadbirlar belgilab oʻtildi. Belgilangan yosh chegarasi 8 yoshga oshirilib, 14-30 yosh etib belgilandi. Avvalgidek, hududlar kesimida bir nafar nomzod emas, ikki nafardan nomzod Respublika bosqichida taqdirlanadigan boʻldi.
Shuningdek, mukofot laureatlarining oliy taʼlim muassasalariga kirishi boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar kengaytirildi. Endi ular kirish imtihonlarisiz oliy taʼlim muassasalarining nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosiqichiga ham davlat granti asosida kirishlari mumkinligi mustahkamlab qoʻyildi.
Koʻrik tanlov yakunida gʻolib boʻlgan xotin-qizlarga shahar hokimligining faxriy yorliqlari hamda viloyat bosqichida ishtirok etish yoʻllanmalari taqdim etildi.