Pokistonning elchisi Surxondaryoda

Uchrashuvda viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda oʻziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, shuningdek, “Termiz xalqaro savdo markazi”da Pokiston bilan oʻzaro faol hamkorlik aloqalari toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Tomonlar oʻzaro qiziqtirgan masalalarda fikr almashib, hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

Shundan soʻng, mehmonlar Termiz xalqaro savdo markazida amalga oshirilayotgan loyihalar, xalqaro logistika markazi hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Delegatsiya aʼzolarining viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.