"Hayot ulash" xayriya aksiyasi
So'nggi 6 yil davomida ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion so'mdan ziyod mablag' ajratildi. Bu oldingi yillarga nisbatan 6 baravar ko'p. Bu davrda ilk bor 1000 ta mahalladagi 6,5 million aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Shunday bo'lsada, bu yo'nalishda ko'p masalalar o'z yechimini kutmoqda. Yurtimizda hanuzgacha ichimlik suvi sutkasiga 4-6 soat beriladigan, markazlashgan ta'minot yo'lga qo'yilmagan, yoshlardan tortib nuroniylarigacha yoki bog'cha, maktab va tibbiyot muassasalari suvni bir necha kilometr masofadan tashib kelishga majbur bo'layotgan hududlar bor. Ayrim viloyatlarimizda ichimlik suvi ta'minoti 60 foizdan kam. Ular uchun toza suv manbasini topish zarur!
"Yuksalish" umummilliy harakati tomonidan mas'ul davlat idoralari ishtirokida respublikamizning 14 ta hududidagi eng chekka mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti bilan bog'liq vaziyat o'rganildi. Quduq qazish, filtr o'rnatish ishlari bo'yicha tadqiqotlar olib borildi va suv chiqarish mumkin bo'lgan birlamchi ro'yxat shakllantirildi.
Shu maqsadda "Yuksalish" umummilliy harakati "Hayot ulash" xayriya aksiyasini e'lon qilgandi
Jumladan, 2023-yil 13-oktabr kuni Xorazm viloyatida aksiyaning amaliy faoliyatiga start berilgan bo'lsa, mana Termiz shahridagi "Nurli kelajak" mahallasida "Hayot ulash" xayriya aksiyasi nuroniy otaxon-onaxonlarimiz, o'sha hududda yashovchi fuqarolar, keng jamoatchilik vakillari va mutasaddi xodimlar ishtirokida yaxshi niyatlar bilan qo'llar duoga ochilib, xursandchilikda davom ettirilmoqda.
Homiylar tomonidan jalb qilingan mablag'lar orqali besh mingdan ziyod mahalla aholisiga toza ichimlik suvi yatkazib berilishi rejalashtirilgan