SESSIYA !

Sessiyada deputatlar tomonidan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida hududiy investitsiya loyihalarining ishga tushurilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport prognozlarining bajarilishi to‘g‘risida, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Termiz shahridagi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mas'ul hokim o'rinbosarlari, soha rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar ishtirokida qizg'in muhokama qilindi. Berilgan savollarga masʼul rahbarlar tomonidan atroflicha javob berildi. Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari X.Gʻafforov, Qonunchilik palatasi deputati B.Mardayev ishtirok etishdi.