MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 198 ming 700 nafar aholining 97 ming 422 nafarini (49,8 foiz) xotin-qizlar tashkil etadi. Xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi oʻrni:
boshqaruvdagi rahbar xotin-qizlar 9,2 foizni;
qishloq xoʻjaligi va qurilish sohasida 0,8 foizni;
moliya va sugʻurta sohasida 1,4 foizni;
sanoat, savdo, tashish va saqlash, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohalarida 49,1 foizni;
taʼlim sohasida 54,4 foizni;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 10,2 foizni;
professional, ilmiy va texnik sohasida 2,1 foizni;
axborot va aloqa sohasida 4,7foizni tashkil qilmoqda.
2. Hisobot davrida quyidagi natijalar qayd etilgan:
– 1885 nafar ishsiz xotin-qizlarning (93,9 foiz) bandligi taʼminlangan;
– ishsizlik darajasi xotin-qizlar boʻyicha 6,1 foiz (123 nafar);
– 19985 nafar yakka tartibdagi tadbirkordan 5456 nafari (27,3 foiz) xotin-qizlarga toʻgʻri keladi;
– xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 105 nafar ayollarga 1 mlrd. 016 mln. soʻm mablagʻ ajratildi;
– 283 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga va hayotga ruhlantirish (motivatsiya berish) boʻyicha oʻqitilgan.
3. Ehtiyojmand oilalardagi 749 nafar qizlar oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli 4 foizli kvota asosida oʻqishga qabul qilinishi uchun tavsiyanomalar berildi.
4. Davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 37 nafar faol xotin-qizlar zaxiraga olingan.
5. 4-bosqichda “Ayollar daftari”ga 4980 nafar xotin-qizlar kiritilgan. Hozirgi kunga qadar 4791 nafariga (96,2 foiz) amaliy yordam berilgan.
6. Uy-joyga muhtoj 10 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar uy-joy bilan taʼminlandi (joriy yilning 1 sentyabr holatiga 19 nafar ayol uy-joyga muhtoj), 11 nafarining uy-joylari taʼmirlandi.
7. Yolgʻiz onalar soni 306 nafarni (2022 y. shu davriga
245 nafar), qayd etilgan oilaviy ajrimlar soni 170 tani (2022 y. – 141 ta) tashkil etgan.
8. Voyaga yetmagan qizlar orasida erta tugʻruq holatlari shaharda mavjud emas.
9. 40566 nafar fertil yoshidagi ayollarning 27465 nafari farzand koʻrishga moneʼligi bor. 2914 nafari kontratseptiv vositalar bilan qamrab olingan. 2826 ta zaxira yaratilgan (3100 ta kontratseptiv vositalarga ehtiyoj mavjud).
10. 68 nafar (2022 y. – 144 nafar) xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etilgan.
11. Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan ayollar soni 257 nafarni (2022 y. – 269 nafar) tashkil etadi.
12. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 79 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.
13. Xotin-qizlar tomonidan kelib tushgan 970 ta murojaatlar (2022 y. – 811 ta) dan 572 tasi (59,1 foiz) ijobiy hal etildi, (2022 y. – 512 ta) 398 tasiga tushuntirishlar berilgan (2022 y. – 299 ta).
II. Asosiy vazifalar
1. 2023 yil oktyabr-dekabr oylarida 123 nafar, 2024 yilda
500 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlanadi.
2. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida
2023 yil oktyabr-dekabr oylarida 57 nafar, 2024 yilda
220 nafar ayollarga 2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi.
3. Yil yakuniga qadar “Ayollar daftari”dagi 4980 nafar xotin-qizlarga manzilli yordamlar koʻrsatiladi.
4. Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida 9 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlanish choralari koʻriladi.
6. Oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida nizoli oilalar barvaqt aniqlanadi va ular bilan manzilli ishlar amalga oshiriladi.
– “Oqila ayollar harakati” aʼzolari va koʻcha boshilarni keng jalb qilgan holda 170 ta nizoli oilalarda sogʻlom muhitni barqarorlashtirish hamda milliy qadriyatlarga asoslangan 35 ga yaqin targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
– erta turmush va erta tugʻruqni oldini olishga qaratilgan 100 dan ziyod targʻibot, xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda sportni ommalashtirish borasida 30 ga yaqin tadbirlar oʻtkaziladi.

Termiz shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i  M.Tag‘ayeva