BRIFING

Termiz shahrida 37 ta mahallada 74 mlrd.soʻm mablagʻlar hisobidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

Ichki yoʻllar yangidan qurilish 42,3 km asfalt yoʻllar qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu obyektlarga 5 ta pudratchi tashkilotlar biriktirilgan boʻlib, Bugungi kunda 25,6 km asfalt yotqizilib, 17,3 km yoʻllarga asfalt yotqizishga tayyorlandi.

Shahardagi 12 ta mahallalarda 18.6 km beton yoʻllar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda 6 ta pudratchi tashkilotlar tomonidan 17,7 km da beton yoʻl ishlari yakunlangan.

Shuningdek, 22 ta mahallalarda 25,8 km piyodalar yoʻlaklari rejalashtirilgan,  shundan 5 ta pudratchilar tomonidan 23,2 km bajarildi.

O‘z navbatida, ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻi obyektlari boʻyicha 34 ta mahallalarda 27,5 km tarmoq tortish va 1 ta KNES oʻrnatish ishlari rejalashtirilib, 5 ta pudratchi tomonidan 22,4 km qurilish ishlari bajarilgan.

Shundan,

- Oqova suv obyektlari boʻyicha 8 ta mahallalarda 11,842 km tarmoq tortish va 1 ta KNES oʻrnatish ishlari rejalashtirilgan, 5 ta pudratchi tomonidan 8,331 km qurilish ishlari bajarilgan.

Koʻp qavatli uylar boʻyicha mahallalarda 204 ta uylarning fasad qismi va uyning tom qismini taʼmirlash va kirish yoʻlaklariga yoritish tizimi oʻrnatish ishlari amalga oshirilgan.

14 ta mahallalarda 16 ta Workout maydonchasi qurish rejalashtirilgan, 6 ta pudratchilar tomonidan 9 ta Workout qurish ishlari yakunlangan

Bundan tashqari shaharning markaziy koʻchalarida yoritish tizimi va sugʻorish, koʻkalamzorlashtirish ishlari ham olib borilmoqda.

 

Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev