TERMIZ SHAHRINING MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARI (2023- yilning yanvar-iyun oylarida)

Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi.

2023- yilning yanvar-iyun  oylarida tumanda 544,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 283,4 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmning 52,0 % ni kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

Xizmatlar

Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2023- yil yanvar–iyun oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 2074,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,4 % ni tashkil etdi

Termiz shahrida eng katta xizmat moliyaviy xizmatlar (749,9 mlrd. so‘m) va savdo xizmatlari (448,6 mlrd. so‘m) ga to‘g‘ri keladi.

Eng kichik xizmat hajmi esa ijara xizmatlari (25,8 mlrd. so‘m) va Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar (31,0 mlrd. so‘m) ko‘chmas mulk bilan bo‘liq xizmatlar (33,4 mlrd. so‘m)ga to‘g‘ri keladi.

Termiz shahri bo‘yicha yuqori ulush moliyaviy xizmatlari (36,1 %) va savdo xizmatlar (21,6 %) da qayd etildi.

Uncha yuqori bo‘lmagan ulush ijara xizmatlari (1,2 %) va kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha  xizmatlar (1,5 %) da qayd etildi.

Termiz shahrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (147,2 %) va moliyaviy xizmatlar (125,6 %) da qayd etildi.

Uncha yuqori bo‘lmagan o‘sish sur’atlari ijara sohasidagi xizmatlar ( 84,8 %) va boshqa xizmatlar ( 99,0 %) ni tashkil etadi.

REGISTR

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Termiz shaharida 2023- yilning 1- iyul holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni
6448 tani tashkil qilib, shundan 4311 tasi yoki 66,9 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 1924 ta (29,8 foizi), qurilish 930 ta (14,4 foizi), sanoat 896 ta
(13,9 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 513 ta (8,0 foizi), tashish va saqlash 234 ta (3,6 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 84,8 foizi xususiy  korxonalar, 5,1 foizi davlat mulki shaklidagi korxonalar, 6,2 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi  korxonalar, 3,9 foizi boshqa korxonalar ulushiga to‘g‘ri keldi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida jami 365 ta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingan (shundan kichik biznes sub’ektlari 353 ta).

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning 40,3 foizi savdo, 10,7 foizi qurilish, 7,9 foizi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 7,4 foizi sanoat hamda 5,8 foizi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohalariga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida 115 ta korxona va tashkilotlar faoliyati tugatilgan.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari

(dehqon va fermer  xo‘jaliklarisiz)

2023- yil 1- iyul holatiga ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlari soni
5814 tani tashkil etib, shundan 3710 tasi faoliyat  yuritmoqda . Shuningdek, 2023- yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlari soni 352 tani tashkil etadi. O‘z navbatida faoliyatini tugatgan kichik biznes sub’ektlari soni 112 tani tashkil etmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismi savdo 1917 ta (33,0 foizi), qurilish 924 ta (15,9 foizi), sanoat 891 ta (15,3 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 513 ta
(8,8 foizi), tashish va saqlash 227 ta (3,9 foizi) hamda axborot va aloqa 175 ta
(3,0 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.

Xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo  viloyatida 2023- yilning 1- iyul holatiga ro‘yxatga olingan chet el investitsiyasi kiritilgan korxonalar soni 673 tani tashkil qilib, Termiz shahrida 397 tani tashkil etadi, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan 189 ta, yangi tashkil etilgani 22 tani tashkil etadi.

Oilaviy korxonalar to‘g‘risida ma’lumot

2023- yilning 1- iyul holatiga Termiz shaharida jami 463 ta oilaviy korxonar o‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 43 ta ga ko‘payganligi kuzatilgan, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 251 tani tashkil etadi.

Termiz shaharida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalarning Surxondaryo viloyatidagi  ulushi 7,0 foizga teng.

INVESTITSIYA

2023- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 1 173,5 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 79,5 foizni tashkil qildi.

Joriy davrda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari asosan korxonalarning o‘z mablag‘lari (jami investitsiyalar hajmiga nisbatan 25,9 %), tijorat banklari kreditlari (11,3 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 215,8 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi va Surxondaryo viloyati bo‘yicha ulushi 7,9 foizni tashkil qildi.

Qurilish faoliyati

2023- yilning yanvar-iyun oylarida 1 159 803,8   mln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 130,2 foizni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi
1 538,6 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning shu davriga nisbatan 107,8 % ni tashkil qildi.

 ISTE’MOL BOZORI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALAR

Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasida  59,9 mlrd. so‘mni tashkil qiladi va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 3,9 % ni tashkil qildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 353,0 mlrd. so‘mga yetdi, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 22,9 % ni tashkil qildi.

Umumiy tovar aylanmasi hajmining 1 125,7 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 73,2 % ga teng bo‘ldi.

Tashqi savdo aylanmasi

Termiz shahrida tashqi savdo aylanmasi 2023- yilning yanvar-iyunda
28 063,0 ming AQSH dollarni, jumladan eksport 3 517,9 ming AQSH dollarni, import  24 545,1 ming AQSH dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi -21 027,2 ming AQSH dollarni tashkil etdi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

2023- yil yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish (ko‘rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 77,2 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mosdavriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,3 foizni tashkil qildi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‘MITASI
SURXONDARYO VILOYAT STATISTIKA BOSHQARMASI
TERMIZ SHAHAR STATISTIKA BO‘LIMI