BRIFING

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati. Aholining 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil etadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farzandlarimiz zamonaviy taʼlim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, oʻziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Yurtimizda har bir oʻgʻil-qizning dardu-tashvishini tinglaydigan, intilishlarini qoʻllab-quvvatlaydigan tizim yaratildi.
Yaratilgan yangi tizim asosida eng birinchi oʻrinda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, “Yoshlar balansi” toʻliq shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda mahallalarda uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Shu nuqtai nazardan, Termiz shahrida 2023 yilning 6 oyi davomida yoshlar yetakchilari tomonidan mahallalarda 1-bosqich yoshlar xatlovi oʻtkazilib, 14-30 yoshdagi 50 ming 012 nafar yoshlarning 5 ta toifa (bandlik, taʼlim, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holatlari) boʻyicha “Yoshlar balansi” shakllantirildi.
2023 yil boshidagi xatlov va oʻrganish natijalariga koʻra, “Yoshlar balansi” asosida aniqlangan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj 1246 nafar yoshlarimiz “Yoshlar daftari”ga kiritildi (Maʼlumot uchun: 2022 yil davomida 1 ming 924 nafar yoshlarga 6,8 mlrd. soʻmlik turli yordamlar koʻrsatilib, daftardan chiqarilgan).
Ulardan 603 nafariga zamonaviy kasblar, “Ay-Ti”, ilm-fan, xorijiy tillarga oʻqitish, mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya ajratish, kontrakt toʻlovini toʻlash kabi 25 ta yordam turlari doirasida amaliy koʻmak koʻrsatilib, ushbu maqsad uchun jami 941,7 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Hozirgi kunda “Yoshlar daftari”da qolgan 643 nafar yoshlarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yordam berilib daftardan chiqarish rejalashtirilgan. Jumladan:
150 nafari bandligi taʼminlanadi, kasb-hunarga oʻqitiladi;
14 nafari imtiyozli kredit va subsidiya beriladi;
33 nafari IT, zamonaviy kasblar, xorijiy tillarni oʻrganish uchun yoshlarga subsidiya beriladi;
146 nafari doimiy ish bilan bandligi taʼminlanadi;
300 nafari Ijtimoiy iqtisodiy muammolari hal etiladi va daftardan chiqariladi.
Butun respublikamizda boʻlgani kabi tasdiqlangan grafik asosida har haftada mahallalarda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi, Sektor rahbarlari uchrashuvlari tizimli oʻtkazilib kelinmoqda.
Uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bildirilgan gʻoya, taklif yoki tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, ularning muammolarini hal qilish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilmoqda.
Misol tariqasida aytadigan boʻlsak, qisqa vaqt ichida “Hokim va yoshlar” uchrashuvida yoshlar tomonidan koʻtarilgan masalalar va takliflar asosida “Bogʻzor”, “Eski shahar”, “Bogʻishamol”, “Guliston” va “Manguzar” mahallalarida yoshlarimiz uchun “Strit-Vorkaut” sport maydonchalari qurib berildi.
“Bogʻzor” mahallasiga yoshlar uchun yangi kutubxona qurib, zamonaviy jihozlandi va 1200 donadan ortiq turli kitoblar bilan taʼminlandi.
Shuningdek, Termiz shahar bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga 100,0 mln. soʻm ajratib, qishgi suzish havzasining isitish tizimi taʼmirlandi va qishgi mavsumda ham toʻliq ishlashi yoʻlga qoʻyildi. Yoki aynan shu maktabda shugʻullanuvchi yoshlarning taklifiga asosan, ularga 50,0 mln. soʻmlik sport jihozlari olib berildi.

Shahar hokimining o’rinbosari K.Ashurov