Termiz davlat universiteti binosida volontyorlik kursi bitiruvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Termiz davlat universiteti binosida volontyorlik kursi bitiruvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Tadbirda Termiz shahar hokimi O'ktam To'rayev va O'zbekiston volontyorlari assotsiyatsiyasi direktori Shirin Abidova, volontyor yoshlar vakillari qatnashdi.
Ta'kidlanganidek, volontyorlik faoliyati bu jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko'rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o'zini o'zi tashkil etishni, ijtimoiy mas'uliyat, birdamlik, o'zaro yordam berish va rahm-shavqat tuyg'ularini shakllantirishdan iboratdir.
Tadbir davomida O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi va Termiz shahar hokimligi o'rtasida memorandum imzolandi. Tadbir yakunida volontyor yoshlarga sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.