“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida o‘tkazilgan Yoshlar sayli minglab o‘g‘il-qizlarni ayni ezgu maqsad sari birlashtirdi.
Bugun Termiz shahrida boshlangan tadbirlarning gala-konsert dasturida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yoshlarni bayram bilan muborakbod etdi. Har jabhada ilg‘or, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar, yigit-qizlarimizni yetuk kadr qilib tarbiyalashda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalari pul mukofotlari hamda sport anjomlari bilan taqdirlanib, yoshlar vakillariga sertifikatlar tantanali topshirildi.
Gala-konsert dasturida estradamiz yorqin yulduzlari, Shohruhxon, Sevinch Ismoilova, Sardor Toirov, “Via marokand”, “Bojalar” va "Benom" guruhlari hamda boshqa san’atkorlar, shuningdek, taniqli boshlovchilarning chiqishlari yoshlar saylini haqiqiy bayram shoulariga aylantirdi.
Yoshlar sayli doirasida bugun kun davomida “Kitoblar karvoni”, “Ziyolilar forumi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Mening qonunim – mening taqdirim” kabi turli loyihalar ham o‘tkazildi.