Avval xabar berganimizdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun oylik doirasida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot loyihalarni o'tkazish uchun olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, san'atkorlar "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zolari Termiz shahriga yetib kelishdi.
Yoshlar oyligi doirasida Surxondaryo viloyatida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”, “Maʻrifat tur”, “Milliy qadriyatlar haftaligi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Kitob karvoni”, “Maʻrifat soati” kabi ma'naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.