Hamma amal niyatga bogʼliq

Hamma amal niyatga bogʼliq
Termiz shahridagi "Yoshlar markazi"da termizlik yoshlar, nuroniylar va turli soha vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Unda ishonchli vakil saylovoldi dasturi bilan tanishtirgach, tadbirga yigʼilgan yoshlarni ilmga chanqoq boʼlishga undadi.
Imom al Buxoriy qoldirgan hadislardan birida "Hamma amal niyatga bogʼliq",deb aytilgan.Chindan ham oldiga ulugʼ maqsad qoʼyib intilgan inson, albatta, niyatiga yetadi. Аbdulxakim Eshmuratov yoshlarni hayotda ayni shunday ezgu niyatlar bilan harakat qilishga undadi. Shu bilan birga, ularga ilm olishi uchun butun imkoniyatlar eshigini ochib qoʼygan inson - OʼzLiDeP nomzodini qoʼllab-quvvatlashga chaqirdi.