Prezident topshiriqlari ijrosi: Otalar yig‘ilishi o‘tkazildi
Prezident topshiriqlari ijrosi: Otalar yig‘ilishi o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 13 mart kunida Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyatning tajribasi sifatida "Otalar qabul kuni" bo‘lishi taklifi berilgan edi. Ushbu munosabat bilan bugungi kungacha Termiz shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan bugun Termiz shahridagi 12-hamda 26-umumiy o‘rta taʼlim maktablarida navbatdagi “Otalar yig‘ilishi” tashkil etildi.
Unda sektor rahbarlari, shahar hokimining 1-o‘rinbosari, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i, mahalla masʼullari, faol nuroniylar, otalar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilishda otaning farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda masʼuliyat hissini kuchaytirish, farzandining yozgi taʼtil vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berdi hamda otalarning farzandlari xavfsizligini taʼminlash, ilm olishida qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish borasida taklif va tavsiyalar berildi.