Ulug‘bek Qosimov: "Bajarilayotgan har bir ishda sifat bo‘lishi kerak"
Ulug‘bek Qosimov: "Bajarilayotgan har bir ishda sifat bo‘lishi kerak"
Prezdentimizning joriy yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish, ko‘chalar, ko‘p qavatli turar-joylarning tashqi qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlarga asosan Termiz shahridagi 37 ta mahallada 58 km yo‘llarni asfaltlash, 27 km yo‘llarga beton qoplmasi yotqizish, 24 km piyodalar yo‘lagi barpo etish, 33 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining “Nurli kelajak” va “Pattakesar” mahallalarida bo‘lib, bu boradagi ishlar bilan tanishdi. Ushbu ikkita mahallalarda 900 metrga yaqin yo‘lga asfalt, 650 metr yo‘lga beton qoplamasi yotqizilgan, 2 km dan ortiq masofada ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortilgan, 1,2 km piyodalar yo‘lagi qurilgan. Shuningdek, ko‘p qavatli turar-joylarningfasad qismlarini bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat rahbari amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi va kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi. Xususan, piyodalar yo‘lagi sifatsiz qurilgani tanqid qilinib, talabga javob bermaydigan qismini buzib, qayta qurish, mavjud bog‘cha atrofini o‘rash va ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, avtoturargoh tashkil etish, yo‘l bo‘ylari va ochiq maydonlarda gul ko‘chatlari, rayhon ekish, ayrim ko‘p qavatli turar-joylarning ustini qayta ta’mirlab, yopish va fasad qismlarini bo‘yab, zamonaviy ko‘rinishga keltirish topshirildi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi uchun ikki hafta muddat berilib, topshiriqlar ijrosi qayta o‘rganilishi belgilandi.