Prezident topshirig‘i ijrosi: Surxondaryo viloyatida “IT” sohasini rivojlantirish 3 yo‘nalishda olib borilmoqda
Prezident topshirig‘i ijrosi: Surxondaryo viloyatida “IT” sohasini rivojlantirish 3 yo‘nalishda olib borilmoqda
Davlat rahbari huzurida joriy yil 22 fevral kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa muvofiq Surxondaryo viloyatida “IT” sohasini rivojlantirish borasida 3 yo‘nalish belgilab olinib, ishlar boshlab yuborildi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ana shu yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali binosida tashkil etilgan “Global Facts Central Asia” MCHJ va "IT PARK SURXONDARYO" MCHJ rezident korxonalari ish faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda ta’lim olayotgan bo‘lajak dasturchilar bilan suhbatlashgan viloyat rahbari ularga o‘zining zarur tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari korxonasi bilan hamkorlikda sun’iy intellekt sohasida ish olib borayotgan "BPO WIZARD" MCHJ korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Hozirda korxona tomonidan “IT” mahsulotlarini eksport qilish borasida 300 ming dollarlik shartnomalar imzolangan.