“Surxon” sport majmuasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishildi

“Surxon” sport majmuasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishildi

Termiz shahridagi eng katta sport majmualaridan biri bo‘lgan “Surxon” sport majmuasida sport va trenajyor zali, futbol, basketbol va valeybol maydonlari, tennis korti hamda stadion mavjud. Bugungi kunda «Eriell Group» kompaniyasi tomonidan majmuadagi futbol stadioni va tribunada keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Surxon” sport majmuasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, majmuada yaratilgan sharoitlar va sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi.

Tanishuv davomida sport majmuasi imkoniyatlaridan keng foydalangan holda sportning yengil atletika turlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun imkoniyatlar yaratish, majmuaning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha loyiha-taqdimotlari bilan ham tanishilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.