“SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ” TADBIRI

“SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ” TADBIRI

Bugun 25 may – yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, shahrimizdagi 33 ta umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 2 ming 561 nafar o‘quvchi tamomlayapti.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan biri Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tashkil etildi. Marosimda maktab bitiruvchilari, ota-onalar, o‘qituvchilar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari va OAV vakillari qatnashdilar.  

Tadbirda viloyat hokimi U. Qosimov ham ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi va barcha bitiruvchilarni mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganlari bilan qutladi.

Bayram tadbirida bitiruvchi yoshlar o‘zlari tayyorlagan bayram chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdilar.