Surxondaryodagi 965 ta maktabda so‘ngi qo‘ng‘iroq jarangladi
Surxondaryodagi 965 ta maktabda so‘ngi qo‘ng‘iroq jarangladi
Bugun 25 may – yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, viloyatimizdagi 965 ta umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 32 ming 886 nafar o‘quvchi tamomlayapti.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 26-sonli maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, yoshlar mamlakatiga aylanib borayotgan O‘zbekistonimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan samarali foydalanishga chaqirdi va bitiruvchi yoshlarga katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishda oq yo‘l tiladi.
Viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida bitiruvchi yoshlarni katta hayotga kuzatish tadbirlari katta shodiyonalar bilan nishonlanmoqda va tadbirlarda viloyat, shahar va tumanlar mutasaddilari ishtirok etishib, Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini yetkazishmoqda.