Termiz shahridagi xususiy maktab muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
Termiz shahridagi xususiy maktab muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
Termiz shahrida “Boysun barakat imkon” MCHJ tomonidan 2019 yildan buyon “Genius Academy Termez” nodavlat umumta’lim maktabi faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda maktabda 370 nafar, shundan, boshlang‘ich sinfda 214 nafar, yuqori sinfda 156 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Maktabda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning 3 nafari 1-toifali, 9 nafari 2-toifali, 4 nafar o‘qituvchida “CEFR”, 3 nafarida “IELTS” sertifikatlari mavjud.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur maktabda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulotlarning tashkil etilishi bilan tanishdi. Maktab muassislari bilan suhbat davomida ularning mavjud muammolari o‘rganildi. Jumladan, tadbirkorlarning murojaatiga asosan maktabda sport zal qurish uchun bankdan imtiyozli kredit olishida ko‘maklashish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.