Sektor rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashdi
Sektor rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashdi
Bugun 20 may kuni hokimlik yig‘ilishlar zalida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, shahar prokurori X.Mamatqulov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, shuningdek mahallalardagi hokim yordamchilari, savdo-sanoat palatasi ishtirokida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarning sohadagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek ularni qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini kengaytirish hisobiga hududdagi ishsiz yoshlar va aholi vakillarini ish bilan taʼminlash xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yakunda tadbirkorlarning boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.