Termiz shahrida «Xotel toj» mehmonxonasi o‘z ish faoliyatini boshladi
Termiz shahrida «Xotel toj» mehmonxonasi o‘z ish faoliyatini boshladi
Termiz shahriga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun yana bir qulaylik yaratildi, shahrimizda faoliyat yurituvchi "Termiz Inter Xotel" MCHJ rahbari Afg‘onistonlik tadbirkor tomonidan 120 o‘rinli «Xotel toj» mehmonxonasi qurib foydalanishga topshirildi.
Barcha qulayliklarga ega mehmonxonani qurishda tadbirkorning 3 milliard so‘m o‘z va 2 milliard so‘m tijorat banki kredit mablag‘i sarflandi.
Zamonaviy loyiha asosida qurilgan mehmonxonada 1-2-3 kishilik va oilaviy yashashga mo‘ljallangan xonalar bor.
Yangi mehmonxona ochilishida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, shahar prokurori Xudoynazar Mamatqulov va turistik tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Mehmonxona ishga tushishi natijasida 25 kishi ish bilan taʼminlandi.