Termiz shahrida Yoshlar bilan individual ishlash tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
Termiz shahrida Yoshlar bilan individual ishlash tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida hamda 3 may kuni bo‘lib o‘tgan Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishida “Yoshlar balansi” asosida yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatilgan.
Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyatda yoshlar bilan ishlash tizimini namunali tarzda tashkil etish maqsadida Termiz shahri tanlab olingan va yoshlarga mutasaddi tashkilot rahbarlari biriktirilgan. Hozirgi vaqtda shahrimizda uch toifadagi yoshlarning muammo va murojaatlari o‘rganilgan va shu asosda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan seminar ham “Yoshlar balansi” asosida yoshlar bilan individual ishlashni tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.
Seminarda shahardagi barcha mahalla raislari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlarga biriktirilgan tashkilot masʼullari, shuningdek, shahar hokimi o‘rinbosari Kamol Ashurov va Respublika Yoshlar ishlari agentligi vakili Shaxzod Qayumovlar ishtirok etishdi.
O‘quv seminarda maʼruzachilar tomonidan slaydlar asosida mahalladagi yoshlarning toifalari va tarkibi, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish tartibi, “Bandlik dasturi”ni shakllantirish, Surunkali kasalligi bo‘lgan va nogiron yoshlar hamda boshqa toifadagi yoshlar bilan ishlash yuzasidan aniq maʼlumotlar asosida tushuntirildi. Yakunda ishtirokchilar savollariga batafsil javoblar olishdi.