TAYINLOV

TAYINLOV

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan, Boynazarov Maʼrufjon Ilhomovich Termiz shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

M.Boynazarov 1987-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2009-yil Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi yer tuzish va yer kadastri.

M.Boynazarov tayinlovga qadar Termiz shahar «Guliraʼno» mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.