Gulxan atrofida: Yoshlar bilan uchrashuv
Gulxan atrofida: Yoshlar bilan uchrashuv
Kecha Termiz shahridagi "Amudaryo" bolalar oromgohi yozgi amfiteatrida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari, nuroniylar, davlat va jamoat arboblari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari, yoshlar yetakchilari hamda lider yoshlar ishtirokida "Gulxan atrofida" davra suhbati o‘tkazildi.
Unda yoshlarning turli sohadagi erishayotgan yutuqlari eʼtirof etilib, kelgusida yoshlar bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar, rejalar haqida suhbatlashildi.
Tadbir davomida vohaning taniqli xushovoz xonandalari tomonidan yoshlarga yuqori kayfiyat ulashib, mehmonlarni raqslarga chorlaydigan qo‘shiq va taronalar ijro etildi.