TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV
TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV
Mamlakatimizda yaqin istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar doirasida aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida bugun shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining ish bilan ta’minlash binosida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xonadonlarning daromadini oshirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha qator taklif va mulohazalar bildirildi.
Yakunda tadbirkorlarga yanada qulaylik va imtiyozlar yaratish bo‘yicha ularning muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, zarur tavsiyalar va sohaga oid ma’lumotlar berildi.