«Bog‘zor» mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi
«Bog‘zor» mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun, 10 may kuni Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida tasdiqlangan reja-jadvalga asosan «Bog‘zor» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, sog‘lig‘ini tiklash maqsadida davolanish va boshqa masalalarda yordam so‘rab murojaat qilindi.
Hech bir murojaat shahar hokimi eʼtiboridan chetda qolmadi. Muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.