Shahar hokimi «Tuproqqo‘rg‘on» mahallasi yoshlari bilan uchrashdi
Shahar hokimi «Tuproqqo‘rg‘on» mahallasi yoshlari bilan uchrashdi
Navbatdagi "Hokim va yoshlar" uchrashuvi 23-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida «Tuproqqo‘rg‘on» mahallasi yoshlari uchun o‘tkazildi. Unda aloqador tashkilot rahbarlari, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi shuningdek, qizil toifadagi yoshlar ham ishtirok etishdi. Uchrashuvda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini tingladi.
Xususan, yoshlarning ishga joylashish, imtiyoz asosida davolanish, kontrakt to‘lovi, tadbirkorlik uchun joy ajratish, o‘zini-o‘zi band qilish uchun subsidiya asosida tikuv mashina olish va nogironlik aravachasi so‘rab qilgan murojaatlari tegishli tartibda hal etilishi belgilandi. Ayrim murojaatlarga tez kunda amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Bajarilishi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.