Shahar hokimi «Manguzar» mahallasidagi keksalar holidan xabar oldi
Shahar hokimi «Manguzar» mahallasidagi keksalar holidan xabar oldi
Ayni kunlarda Termiz shahrida 9 - may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida mehnat qilgan fuqarolarning holidan xabar olinmoqda.
Xususan, bugun Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida, Nuroniylar jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari, jamoatchilik vakillari va yoshlar birgalikda “Manguzar" mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriylaridan 93 yoshli Bibixol momo Xoliyorova va 92 yoshli Surʼat bobo Mallayevlar xonadonida bo‘lib, ular bilan dildan suhbatlashdi. Shuningdek, ushbu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan sovg‘alar ulashildi.
Suhbat asnosida nuroniylar Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga va inson qadrini ulug‘lash yo‘lidagi amaliy ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, bugunga tinch va osoyishta kunlar uchun shukronalik bilan yaratgandan yurtimizda doimo tinchlik bo‘lishini so‘rab duo qilishdi.