CHEGARA MAHALLASIDA “HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

CHEGARA MAHALLASIDA “HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

 

Bugun, shahar hokimi O‘ktam To‘rayev 21-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Chegara” mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shahar rahbari yoshlarning muammo, taklif va tashabbuslarini tingladi.

 

Xususan, yoshlarning sog‘ligini tiklash masalasida, kontrakt va safarbarlik rezervi to‘lovi hamda kasb-hunar kursiga o‘qish uchun amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari tegishli tartibda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, Qizlarxon Jumayevaning uy bog‘chasi ochish masalasidagi murojaati tegishli masʼullarga yo‘naltirilib, amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

 

Yakunda hal etilishi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan aloqador mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.