Termiz shahrida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan tanishildi

Termiz shahrida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan tanishildi

 

Viloyatda mavjud 1 589 ta ko‘p qavatli uy-joylarga 32 ta boshqaruv sersiv kompaniyalari (BSK) tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, Termiz shahrida 14 ta ana shunday BSKlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Sarvar Termiz Servis” BSKda bo‘lib, uning faoliyati, xizmat ko‘rsatish turlari bilan tanishdi hamda viloyatda faoliyat olib borayotgan BSKlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Unda BSKlar tomonidan ko‘p qavatli turar-joylarda amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlari va boshqa ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati muhokama qilinib, kompaniyalar vakillari hamda ko‘p qavatli turar-joylarda yashovchi aholining taklif va murojaatlari tinglandi.

 

Masʼullarga BSKlarning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

 

Shundan so‘ng, viloyat rahbari shahardagi qator ko‘p-qavatli uy-joylarning holati va BSKlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni joyiga borgan holda ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish bo‘yicha shahar mutasaddilari va soha masʼullariga vazifalar yuklatildi.